So’nggi yangiliklar

12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0 16:55Жанибек Алимханули WBO камари учун жанг қилади 0 16:06"Сабаҳ" — жорий мавсум ушбу натижага эришган EЧЛдаги биринчи жамоа! 0 15:17Хргович Уордлига фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 14:18Шакур Стивенсон Zuffa Boxing’дан кетганини эълон қилди 0 13:19Шожҳаҳон Эргашевни Озарбайжон ва Қирғизистондан жангга чорлашди 0 12:28Ламин Ямаль жорий мавсум Топ-5 лигаларда биринчи бўлиб ушбу натижага эришди 0

16 iyu 12:57
Yangiliklar

SHaxmat

"UzChess Cup" turniridan kim qancha mukofot puli ishlab oldi? (+FOTO)

Kecha poytaxtimizda ikki asosiy guruhida o'zbekistonlik grossmeysterlar chempion bo'lgan "UzChess Cup" III xalqaro turniri yakuniga etdi.

Uchinchi bor tashkil etilgan musobaqaning mukofot jamg'armasi 121 500 AQSH dollarini tashkil etgan bo'lib, g'oliblar "Masters", "Challenger", "Futures" va "Open" guruhlarida aniqlandi. 

Etiborga molik jihati shundaki, "Masters" turnirida Javohir Sindarovning o'rniga qo'shilgan uning sekundant-murabbiyi Muhiddin Madaminov chempionlikni qo'lga kiritdi. U bosh sovrin bilan birga 20 000 AQSH dollari miqdorida mukofot puliga ham ega chiqdi. 

"Masters" turniri chempionligi uchun kechgan tay-brekda Muhiddinga yutqazgan SHamsiddin Vohidov 15 000, uchinchi o'rin sohibi rossiyalik Yan Nepomnyashiy 10 000 dollarga boyib oldi. SHaxriyar Mamedyarov 8 000, Arjun Erigaisi 7 000, 6-o'rin bilan kifoyalangan Nodirbek Abdusattorov 6 000, 7-o'rin sohibi Hans Niemann 5 000, 8-pog'onadan joy olgan Nodirbek Yakubboev 4 000, 9-o'rin egasi Vidit Santosh Gujrathi 3 000, so'nggi pog'onada qolgan Nikolas Teodoru esa 2 000 AQSH dollariga ega bo'ldi.      

Yakunda eng yaqin taqibchisini 2 ochkoga ortda qoldirgan "Challenger" guruhi chempioni ozarbayjonlik Mahammad Muradil 6 000 dollar mukofot pulini qo'lga kiritdi. Hindistonlik grossmeyster Mittal Aditiya 5 000, uchinchi o'rin egasi ruminiyalik Bogdan-Daniel Dik 4 000 AQSH dollari bilan mukofotlandi. Ushbu guruhda 4-o'rinni band etgan hamyurtimiz Muhammadzohid Suyarov 3 000, 7-o'rindan joy olgan Abdimalik Abdisalimov 1 000, oxirgi pog'onada qolgan 700 dollarga ega chiqdi. 

"Futures" guruhida chempion bo'lgan yosh shaxmatchimiz Humoyun Begmuratov 4 000 dollar mukofot pulini o'z hisob raqamiga qo'shib qo'ydi. Bu guruhda reglamentga ko'ra, Top-5`talikdan joy olgan shaxmatchilargagina mukofot puli taqdim etildi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing