So’nggi yangiliklar

23:05Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатини Топ-3`да якунлашди 0 22:34"5 ҳафта!". Бивол Каллум Смитга қарши жанг олдидан бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0 21:32"Челси" аутсайдерга ютқазди, "Ливерпуль" меҳмонда ғалабага эришди ва бошқа натижалар 0 20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0

08 iyu 09:38
Yangiliklar

SHaxmat

"Uzchess Cup" turnirining 2-turiga oida barcha malumotlar bitta xabarda

Toshkentda shaxmat yulduzlari ishtirokida "Uzchess Cup" superturnir davom etmoqda.

Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqa Samarqand mezbonlik qilgan jahon chempionatini inobatga olmaganda, yurtimizda o'tkazilayotgan eng katta masshtabdagi turnir hisoblanadi. 

Turnir 3 guruhda o'tkazilmoqda:

"Masters" guruhida reytingi 2700 va undan yuqori shaxmatchilar;

"CHellenjers" guruhida reytingi 2600 va undan yuqori shaxmatchilar;

"Fyuchers" guruhida reytingi 2500 va undan yuqori shaxmatchilar ishtirok etishadi.

Kecha "Uzchess Cup" turnirida 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Dunyoning nomdor grossmeysterlari jam bo'lgan "Masters" guruhida hamyurtlarimizdan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboev bosh sovrin uchun bahs olib boryapti. Abdusattorov bu turda qora donalarda ozarbayjonlik asosiy raqiblaridan biri SHahriyar Mamedyarov bilan durangga imzo chekdi. 

Nodirbek Yakubboev hindistonlik Vidit Santosh Gujrathini mag'lub etishni uddaladi. Birinchi turda Abdusattorovga yutqazgan Parham Maqsudlu (Eron) serbiyalik Aleksey Saradan ustun keldi. Javohir Sindarov ruminiyalik Richard Rapport bilan durang o'ynadi. 

"Masters" guruhining 2-turidan so'ng Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboev 1,5 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida qo'shhokimlik qilishyapti. Rapport, Maqsudlu, Mamedyarov, Sindarov, Yang Yi, Sarana hisobida 1 ochkodan bor. 

"Challengers" guruhida shaxmatchilarimizdan SHamsiddin Vohidov germaniyalik Aleksandr Predkeni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Jahongir Vohidov esa Aydin Suleymanliga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritgan serbiyalik Aleksandar Indich bu guruhda yuz foizlik ko'rsatkich bilan yakka peshqadam bo'lib oldi. SHamsiddin Vohidov 1,5 ochko bilan sof ikkinchi o'rinni band etgan. Jahongir Vohidov 1 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra kuchli uchlikka yakun yasab turibdi.   

"Futures" guruhida o'zbekistonlik shaxmatchilardan Saidakbar Saydaliev hamda Muhammadzoxid Suyarov 1,5 ochkodan jamg'arib, birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallab turishibdi. Eronlik Bardiya Daneshvarda ham 1,5 ochko bor. Muhiddin Madaminov 1 ochko bilan 6-pog'onadan joy olgan. Yosh Humoyun Begmuratov hisobida ham 1 ochko bor. Kecha o'tgan 2-turda Suyarov qora donalarda o'ynashiga qaramay, Mixail Nikitenkoni engdi. Madaminov Sergey Tivyakov bilan murosaga keldi. Humoyun Vitaliy Sivuk bilan durang o'ynadi. Saydaliev esa ukrainalik Vitaliy Bernardskini mag'lub eta oldi. 

Vaqt nazorati: Klassik. Har bir o'yin boshida o'yinchilarga 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, 41-yurishdan o'yin oxirigacha esa qo'shimcha 30 daqiqa beriladi va har bir yurish uchun 30 soniya vaqt qo'shib boriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing