So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

14 iyu 10:30
Yangiliklar

SHaxmat

"Uzchess Cup". Uchchala guruhda o'zbek shaxmatchilarining peshqadamligi davom etmoqda (8-turning barcha malumotlari)

Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimiz shaxmat yulduzlari ishtirokidagi "Uzchess Cup" superturniriga mezbonlik qilmoqda.

Mukofot jamg'armasi 166 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqada 8-tur uchrashuvlari ortda qoldi. Bu turdan keyin ham turnirning uchchala guruhi - "Masters", "Challengers" va "Futures"da o'zbekistonlik shaxmatchilar o'z peshqadamliklarini saqlab qolishdi. Faqat so'nggi tur oldidan vaziyat birmuncha murakkablashdi.  

Kuchlilar jam bo'lgan "Masters" guruhining 8-turida uchchala grossmeysterimiz ham qora donalarda o'ynadi. Istedodli shaxmatchimiz Nodirbek Yakubboev (2634) Aleksandr Grishuk (FIDE, 2719) bilan murosaga keldi. Nodirbek Abdusattorov (2766) ketma-ket ikkinchi uchrashuvida ham durangga rozi bo'ldi. U bu safar hindistonlik Vidit Santosh Gujrathi (2721) bilan ochkolarni bo'lishib oldi. Javohir Sindarov (2668) esa Aleksey Sarana (Serbiya, 2712)ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. 

So'nggi to'qqizinchi tur oldidan "Masters" guruhida qo'shhokimlik saqlanib qoldi. Nodirbek Yakubboev va Nodirbek Abdusattorov 5 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilishyapti. Xitoylik YU Yang Yi va Aleksey Sarana 4,5 tadan ochko to'plab, 3-4 o'rinlarni band etishgan. Javohir Sindarov kechagi mag'lubiyatdan keyin 4 ochko bilan 5-o'ringa tushib ketdi. Richard Rapportda ham 4 ochko bor. 

"Challengers" guruhining 8-turida peshqadam SHamsiddin Vohidov qora donalarda yana bir hamyurtimiz Jahongir Vohidov bilan to'qnash keldi. O'zbek derbisida tomonlar durangga rozi bo'lishdi. Ettinchi turgacha peshqadam bo'lib kelgan Aleksandar Indjich esa ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Avval SHamsiddin Vohidovga yutqazgan serbiyalik grossmeyster kecha oq donalarda o'ynaganiga qaramay, Evgeniy Romanovga imkoniyatni boy berdi. Yana bir serbiyalik shaxmatchi Aleksandr Predke esa aksincha, bu turda turkiyalik Aydin Suleymanlini engib, ochkolarini 5,5 taga etkazib oldi. Turnir jadvalida SHamsiddin Vohidov va Predke 5,5 ochko bilan qo'shhokimlik qilishyapti. 

"Futures" guruhining 8-turida Muhammadzohid Suyarov (2430) oq donalarda jamoadoshi Humoyun Begmuratovni mag'lub eta olmadi. Uchrashuvda durang natija qayd etildi. SHunga qaramay, yosh Muhammadzohid 5,5 ochko bilan qo'shimcha koeficentlarga ko'ra 1-o'rinni o'zida saqlab qoldi. Lekin shveciyalik Vitaliy Sivuk va eronlik Bardiya Daneshvar bu turda g'alaba qozonib, o'z ochkolarini 5,5 taga etkazib olishdi. Hamyurtlarimiz Muhiddin Madaminov va Saidakbar Saydaliev hisobida ham 4,5 ochkodan bor. Afsuski, ularning har ikkisi ham 8-turda mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing