So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

13 noy 16:37
Yangiliklar

Futbol

Vadim Abramov: "Kamchiliklar haqida hozir gapirmoqchi emasman" (matbuot anjumani)

JCH-2022 saralashi doirasidagi O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvidan oldingi matbuot anjumaninin birinchi qismida Vadim Abramov va Odil Ahmedov ishtirok etdi.

"Muhim o'yin. Menimcha bu guruhda kurash aynan shu ikki jamoa o'rtasida kechadi. Hozircha biz birinchi o'rindamiz va o'z o'rnimizni saqlab qolishimiz kerak. Saudiya Arabistoni juda jiddiy raqib, shu bois yaxshi tayyorlandik. O'z maydonimizda o'ynaymiz, omad biz tomonda bo'lishiga va g'alaba qozonishga umid qilamiz", - deydi Vadim Abramov. 

"Ertangi bahs ahamiyatini barcha yaxshi tushunib turibdi. Bu uchrashuvda o'ylagan barcha rejalarimiz amalga oshadi va g'alaba qozonamiz deb o'ylayman", - deydi Odil Ahmedov. 


- Lutfulla To'raev bosim sabab javob berilgandi. U bilan murabbiylar gaplashib olishdimi? U Ertangi bahsga tayyormi? 

- U Qirg'izistonga qarshi bahsda maydonga tushdi va o'yinni buzib qo'ygani yo'q. To'raev tajribali futbolchi, shu bois yoshlarga o'rnak bo'la oladi. 

- Erve Renar shu cikl boshida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga tayinlandi. U o'z uslubini terma jamoaga singdira oldimi? 

- Menimcha bu savolni saudiyalik jurnalistlarga berilgani to'g'ri. U tajribali murabbiy, Afrika terma jamoalarida muvaffaqiyatli ishlagan.

- Siz qo'l ostingizda uchta o'yinni ko'rdik. Himoyadagi muammolar bor. Ertaga Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biriga qarshi o'ynaymiz. Himoya pand berib qo'ymasmikin? 

- Albatta kamchiliklarimizni bilamiz, ammo hozir ular haqida gapirmoqchi emasman. Ertaga bahsni o'tkazib olaylik qanday ishlar olib borildi va qanday kamchiliklarga yo'l qo'yganimizni aytamiz.

- Sardor Rashidov yaqinda ikkita gol urdi. Uni keyingi yig'inlarga chaqirishingiz mumkinmi?

- To'g'ri Rashidov o'z klubida 2ta gol urdi, endi hamma gol urganlarni chaqiraylikmi? Bu haqda aytgandim o'z klubi safida muqim o'ringa ega bo'lib olsin. Barchani kuzatib borayapmiz. Rashidov uchun xursandmiz. Bu ikkita bahsdan so'ng katta tanaffus bo'ladi. SHundan keyin balki uni chaqirishimiz mumkin, ammo hozir uni zaxirada o'tirishi uchun chaqira olmaymiz. Hozir Rashidov uning o'rnida o'ynayotgan futbolchidan kuchli deb o'ylamayman. 

- Ertangi o'yindan oldin muxlislarga murojaatingiz bormi? 

Odil Ahmedov: - Juda muhim o'yin bizni kutib turibdi. Barcha muxlislardan kelib bizni qo'llab quvvatlab turishlaringizni so'raymiz. Xudo xohlasa g'alaba qozonib ularni xursand qilamiz. 

- Qirg'iziston bilan bahsda himoyada o'ynadingiz, qiyin bo'lmadimi?

Odil Ahmedov: - Yo'q, bu joyda birinchi marta o'ynaganim yo'q. SHu bois muammo bo'lgani yo'q. 

Reyting:    

Fikrlar

   
14 noy 14:42:08
Сурхон Барлос
Ҳозирча ҳаммаси жойида....
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing