So’nggi yangiliklar

17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0

06 okt 14:35
Yangiliklar

Xokkey

Vadim Epanchincev: Toshkentda yaxshi muz saroyi borligini eshitgandim, bu erga kelib shunga amin bo'ldim

"Humo"ga qarshi o'yinda g'alaba qozongan (3:1) "Yugra" bosh murabbiyi Vadim Epanchinev matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin yaxshi bo'ldi. Bu biz uchun mavsumdagi uchinchi safar o'yini. Ko'rsatmalarni to'g'ri bajargan jamoamga rahmat. Darvozabonimiz yaxshi harakat qildi. Ammo, ko'pchilik keraksiz vaziyatda chetlatildi, ayniqsa o'yin oxirida. Bu bizning nuqsonimiz. O'ylaymanki, bu narsa joyiga tushib ketadi", - deb so'z boshladi murabbiy.


-O'yinda ikki etakchingiz ishtirok etmadi. Berlyov nima uchun bahsda o'ynamadi? Ikkinchi savolim, "Humo" gol kiritgan vaziyatda tanaffus oldingiz. Nima uchun?

-Berlyov oilaviy sabablarga ko'ra bugun o'ynamadi, u ikkita safar o'yinimizda qatnashgandi. U farzandli bo'ldi va shuning uchun uyiga jo'nab ketdi. Olingan tanaffus haqida gapiradigan bo'lsam, buni raqib tempini tushirish uchun kerak deb hisobladik. 


-O'zbekistonga xush kelibsiz. "Humo" ilk marotaba VXLda qatnashmoqda. "Humo Arena", Toshkent shahri haqida fikringiz qanday?

-SHaxsan men ilk marotaba bu erga tashrif buyurdim. Avval Toshkentda yaxshi muz saroyi borligi haqida eshitgandim. Bugun shunga amin bo'ldim, yigitlar uchun bu erda xokkey o'ynash juda qulay.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing