06 mar 09:28
Yangiliklar
Xokkey
Vadim Kravchenko "Humo" tarixida 100 ochko to'plagan ilk xokkeychiga aylandi
Kecha Qozog'istonning Qarag'anda shahrida xokkey bo'yicha Qozog'iston ochiq chempionati pley-offining chorak final bosqichi doirasidagi "Sariarka" - "Humo" o'yini o'tkazilgan edi.
O'yin 3:2 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. Ushbu uchrashuvda "Humo"ning birinchi golida Vasiliy Jilovga assistentlik qilgan Vadim Kravchenko "qanotlilar" tarixida 100 ochko to'plagan ilk xokkeychiga aylandi.
U bu yilgi chempionatda 66 ochko ishladi (muntazam chempionatda 60 ta, pley-offda 6 ta). O'tgan yilgi chempionatda esa Kravchenko 31 ochko yiqqan edi (27 ochko muntazam chempionatda, 4 ochko pley-offda). SHuningdek, u Qozog'iston Kubogi-2023 musobaqasida o'z nomiga 3 ball yozdirib qo'ygan.
Eslatib o'tamiz, kechagi mag'lubiyatdan so'ng "Humo" chempionatdagi ishtirokini chorak final bosqichida yakunladi.
Havola :
Manba : hchumo.uz
Fikrlar