21 sen 11:05
Yangiliklar
Futbol

“Valensiya” bosh murabbiyi Ayestaran istefoga chiqarildi
Ispaniyaning “Valensiya” klubi bosh murabbiyi Pako Ayestaran o'zi egallab turgan lavozimdan bo'shatildi.
Bunga klubning qoniqarsiz natijalari sabab bo'ldi. “Ko'rshapalaklar”ni vaqtincha Salvador Gonsales Voro boshqarib turadi. 52 yoshli murabbiy bundan oldin Valensiyada 2008, 2012 va 2015 yillarda ham vaqtincha ishlagandi.
Dastlabki to'rt turdan so'ng “Valensiya” 0 ochko bilan musobaqaning so'nggi pog'onasida bormoqda. Ayestaran “Valensiya”ga 2016 yil 30 mart kuni Gari Nevillning o'rniga kelgan edi.
Havola :
Fikrlar