11 noy 16:54
Yangiliklar
Futbol
Valensiya rossiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas
Valensiyaning 30 yoshli rossiyalik yarim himoyachisi Denis CHerishev yozda klubni tark etishi mumkin.
COPE nashri xabariga ko'ra, klub rahbariyati u bilan 2022 yil yozda tugaydigan kelishuvni uzaytirmoqchi emas.
«Valensiya»da CHerishev ko'p bor jarohat oldi va 41 foiz o'yinlarda ishtirok eta olmadi. Uning kelajagi «Mestalya»dan boshqa joyda, — deb xabar bermoqda manba.
Eslatib o'tamiz, CHerishev 2019 yil yozida «Valensiya»ga ko'chib o'tgandi. Hozirga qadar futbolchi 47ta o'yinni (300 kun) jarohat tufayli o'tkazib yubordi.
Havola :
Manba : COPE
Fikrlar