02 sen 08:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Valentina SHevchenko safdan chiqdi, u kamarini himoya qila olmaydi
Qirg'izistonlik ayollar o'rtasida eng engil vazn (57 kg gacha) toifasi chempioni UFC 332 turnirida o'z kamarini himoya qilishi kerak edi.
Afsuski, jarohati sabab SHevchenkoning braziliyalik davogar Nataliya Silvaga qarshi chempionlik jangi bekor qilindi. Ushbu jang UFC 332 turnirining asosiy voqeasi bo'lishi kerak edi. Turnir 3 oktyabr kuni AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida bo'lib o'tadi.
"Valentina SHevchenko jarohati tufayli Nataliya Silvaga qarshi jangdan chiqdi. Avval xabar qilinganidek, ushbu jang 3 oktyabr kuni Solt-Leyk-Sitida bo'lib o'tadigan UFC 332 turnirining asosiy voqeasi bo'lishi kerak edi", — deyiladi xabarda.
Malumot uchun, 38 yoshli Valentina SHevchenko professional aralash yakkakurashlar (MMA)dagi faoliyatini 2003 yilda boshlagan va 2015 yildan buyon UFC`da ishtirok etib kelmoqda.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar