06 apr 14:55
Yangiliklar
Futbol
Valeriy Kechinov: "Jahon chempionatida O'zbekistonga qarshi o'ynash hech kimga, hatto Portugaliyaga ham oson bo'lmaydi"
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Valeriy Kechinov milliy terma jamoamizning bo'lajak Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
"O'zbekiston Jahon chempionatida og'ir guruhdan joy oldi va u bu har bir jamoa uchun shunday. Yaqinda Kongo DRning o'yinini tomosha qildim va jamoa juda ijobiy taassurot qoldirdi. Albatta, ikkita jamoa ajralib turadi va favoritlardir — Portugaliya va Kolumbiya. Lekin menimcha, O'zbekiston ham ularga qiyinchilik tug'diradi. Evropada yaxshi o'yinchilari bor — SHomurodov, Fayzullaev, Husanov. Ularga qarshi o'ynash hech kimga, hatto Portugaliyaga ham oson bo'lmaydi", – dedi Kechinov.

O'zbekiston "K" guruhida Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR bilan ro'baro' keladi. Fabio Kannavaro shogirdlari 18 iyun kuni ilk turda Kolumbiya bilan o'ynaydi.
Havola :
Fikrlar