17 fev 13:11
Yangiliklar
Futbol

Valverde kechagi g'alabadan keyin nimalar dedi?
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde La Liga 24-turi doirasida “Valyadolid”ga (1:0) qarshi kechgan bellashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Xavotirli g'alaba. Birinchi bo'limda biz kutilgan o'yinni ko'rsata olmadi. Juda sekin harakat qildik va qarshi hujumda raqibni o'tkazib yubordik. Raqib ham futbol o'ynadi. Bizda ham juda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi.
Agar biz shu kabi kombinacion hujumlarni ikki marta tashkil qilsak, gol urishimizni bilamiz. Raqib posboni ham juda faol harakat qilganligini takidlashni istardim”, -dedi Valverde.
Eslatib o'tamiz, uchrashuvdagi yagona gol o'yinning 43-daqiqasida Lionel Messi tomonidan 11 metrli jarima to'pidan kiritilgan edi.
Havola :
Fikrlar