10 fev 13:58
Yangiliklar
Futbol

Valverde Messining holati haqida gapirdi
La Liganing 23-turi doirasida "Atletik"ka qarshi o'yindan oldin "Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde hujumchi Leo Messining holati qanday ekanligini malum qildi.
“Oldingi o'yinda kabi bo'lganidek, bu safar Messini xavf ostiga qo'yishni istamaymiz. U hozirgi holatida 90 daqiqa yuqori tempda o'ynay olmaydi. Agarda u o'zini yaxshi his qilsa, maydonga tushadi. Mabodo o'ynashni istamasa, u holda qolgan qarorlarni biz qabul qilamiz”, - dedi Valverde.
Messi so'nggi kunlarda jamoa bilan mashg'ulotlarda qatnashmagan bo'lsa-da, “Atletik”ka qarshi o'yin uchun qaydnomaga kiritilgan.
Havola :
Fikrlar