27 fev 20:43
Yangiliklar
Futbol
Varan APLni La Liga bilan solishtirdi
Franciyalik futbolchi o'zi o'ynagan ikki chempionatni o'zaro solishtirib ko'rdi.
"Eng katta farq o'yinlarning shiddatida. APL har bir o'yinida raqiblar tomonidan bosim kuchliroq, qarshi hujumlar ko'p. Men yakkakurashlarda ko'p ishtirok etyapman.
Ispaniyada hammasi ancha tinch, o'ylash uchun ko'proq vaqt bor. Mashg'ulotlarda ham farq mavjud.
Bu men uchun chaqiriq, o'zimni qayta kashf qilishni xohlayman. Bazida o'z qobig'ingizdan chiqib, yana nimanidir ko'rsatishga urinish yaxshi holat", – dedi "Manchester Yunayted" himoyachisi.
Rafael Varan MYUda 2021 yilning avgustidan buyon to'p tepmoqda. 28 yoshli markaziy himoyachi shu kungacha mankunianlar safida 22 o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Fikrlar