25 may 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Vasiliy Lomachenko chempionlik kamaridan voz kechdi
Ikki vazn toifasida jahon chempioni Vasiliy Lomachenko o'ziga tegishli bo'lgan birinchi engil vazn toifasidagi WBO chempionlik kamaridan voz kechdi.
Lomachenko 12 may kuni Xorxe Linaresni mag'lubiyatga uchratib, engil vaznda WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
Ukrainalik jahon chempioni bundan buyon engil vazn toifasida jang o'tkazmoqchi. SHu maqsadda ham birinchi engil vazn toifasidagi WBO kamarini vakant qoldirishga qaror qildi.
Xabarda aytilishicha, vakant, yani egasiz bo'lib qolgan chempionlik kamari uchun jang 28 iyul kuni puertorikalik Kristofer Dias hamda yaponiyalik Masayuki Ito o'rtasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar