05 jan 11:11
Yangiliklar
Futbol

Vaskes "Real"ning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etdi
Madridning "Real" klubi vingeri Lukas Vaskes klubning yangi shartnoma borasidagi taklifiga rad javobini berdi.
Futbolchini "qaymoqranglilar" bergan taklif qoniqtirmadi. Ayni damda tomonlar o'rtasidagi muzokaralar to'xtagan.
Vaskes oldin bir necha bor "Real"da qolish xohishini bildirgan edi. SHu bilan birga o'yinchi "qirollik klubi" bilan har qanday shartlar asosida bitimni uzaytirmoqchi emas.
29 yoshli ispaniyalik futbolchining "Real" bilan tuzgan shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar