So’nggi yangiliklar

21:06Лео Месси Аргентина терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 20:28Чимаев октагонга қайтишга тайёр! У ким билан жанг қилмоқчи эканини айтди 0 19:49Жонсон Умар Нурмагомедовнинг Ядонг билан жангидаги хатосини айтди 0 19:26Султонов икки ғалабаси эвазига асосий тўрга чиқди. Илк даврада ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз! 0 19:01Расман. Англия терма жамоаси аъзоси "Ал-Ҳилол"га ўтди 0 18:26Тайсон Фьюри Хргович билан жанг учун шартини айтди 0 17:45"Дана Уайт доғистонликларга ҳамма нарсага рухсат беради" - UFC жангчиси 0 17:13Даниэль Дюбуа ва Фабио Уордли ўртасидаги реванш санаси маълум қилинди 0 16:46Платини "Олтин тўп"ни Кварацхелияга бермоқчи 0 16:07"Ҳеч ким бу жангга рози бўлмайди" — Хукер Усман Нурмагомедовнинг UFCдаги эҳтимолий дебюти ҳақида гапирди 0 15:30Хргович: "Итаума рақибларим орасида энг яхшиси, аммо..." 0 14:59Янгиланган WTA рейтингида Ўзбекистоннинг биринчи ракеткаси ўзгарди 0 14:33Платини Инфантинони танқид қилди ва уни ФИФАдан истеъфога чиқишга чақирди 0 14:08Тайсон Фьюри: "Агар гап сотиш учун чемпионлик камарлари берилганда, мен мутлақ жаҳон чемпиони бўлардим" 0 13:39Mangu 5 турнири учун яна бир қизиқарли жанг тасдиқланди + ПОСТЕР 0

15 jan 09:46
Yangiliklar

Boshqalar

Vazir o'rinbosari O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasiga rais etib saylandi

O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Unda Sport vaziri Adham Ikramov, Otabek Umarov boshchiligidagi MOQ rahbariyati, Sportning o'yin turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi mutasaddilari, federaciya rayosati, faxriylar va murabbiylar shtabi qatnashdi.

Konferenciya kun tartibiga muvofiq, dastavval, federaciya raisi o'rinbosari Rinat Axmadulin tomonidan 2021-2024-yillarda amalga oshirilgan ishlar bo'yicha hisobot taqdim etildi. SHundan so'ng konferenciya doirasida tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Unda federaciya Ijroiya qo'mitasi tomonidan Sport vazirining o'rinbosari Karimov Avazjon Qudratullaevich nomzodini mamlakat chim ustida xokkey federaciyasi raisligiga ilgari surildi.

Ishtirokchilar nomzodni bir ovozdan maqullashdi va A.Karimov O'zbekiston chim ustida xokkey federaciyasi raisi etib saylandi. Tadbirda so'z olgan Avazjon Karimov bildirilgan ishonchli oqlashga, kelgusida mamlakatimizda mazkur sport rivojini yanada oshirish yo'lida bor kuchini ishga solishini bildirdi.

SHundan keyin federaciya Bosh kotibi Sanatilla G'ulomnazarov Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik bo'yicha taqdimot bilan tanishtirdi. Bunda avvalo, mamlakatimiz bo'ylab ushbu sport ommaviyligini oshirish, terma jamoalar uchun kuchli raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlarini tashkil etish, xorijlik murabbiylar jalb etish asosiy maqsad ekanini bildirdi. 

O'z navbatida, Adham Ilhamovich poytaxtimizda qad rostlayotgan Olimpiya shaharchasida 2 ta chim ustida xokkey maydoni qurilayotgani ushbu sport rivoji yo'lida katta turtki bo'lishini qo'shimcha qildi.

Tadbir yakunida Otabek Muhammadalievich jamoaviy sport turlariga yanada ko'proq etibor qaratilishi, mavzkur yo'nalishda Olimpiada yo'llanmalariga ega chiqish ustuvor maqsadlardan ekanini takidlab, federaciyaning yangi rahbariyatiga omad tiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing