So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

19 fev 10:50
Yangiliklar

Boshqalar

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan sport-talim muassasalari faoliyati yanada takomillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan sport-talim muassasalari faoliyati yanada takomillashtiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mamlakatimizda sport-talim muassasalaridan foydalanish darajasini va ular faoliyati samaradorligini yanada oshirish, bolalarni sport bilan muntazam ravishda shug'ullanishga jalb etishni kengaytirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusida belgilangan vazifalar hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni ijrosini taminlash maqsadida maxsus qaror qabul qildi.

Qarorga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport, Iqtisodiyot va sanoat hamda Moliya vazirliklari, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga binoan 2020-2024 yillarda bosqichma-bosqich quriladigan sport inshootlarida 23 ta bolalar va o'smirlar sport maktablari hamda etarli sport inshootlariga ega yana 68 ta bolalar va o'smirlar sport maktablarining filiallarini tashkil etish to'g'risidagi taklifiga rozilik berildi.

Bundan tashqari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport-talim muassasalarining faoliyati samaradorligini reyting tizimi asosida baholash tartibi to'g'risidagi Nizom ham tasdiqlandi. Unga ko'ra quyidagilar reyting baholashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- sport-talim muassasalarida olimpiya sport turlari bo'yicha shug'ullanuvchilar sonini oshirish natijasida olimpiya sport turini rivojlantirish;

- sport-talim muassasalarida sport razryadlari va unvonlariga ega bo'lgan sportchilar sonini oshirish natijasida sifatli va iqtidorli sportchilarni tanlash, tayyorlash, selekciya qilish (saralash) ishlarini tashkil qilish;

- sport-talim muassasalarida faoliyat yuritayotgan trenerlar, metodistlar, shifokorlarning salohiyatini oshirishga erishish;

- sport-talim muassasalarida metodistlar tomonidan o'quv va metodik ishlanmalar sifati sonini oshirish;

- sport-talim muassasalarida manaviy-marifiy ishlar samaradorligini yuqori darajaga ko'tarish;

- sport-talim muassasalarining boshqa talim muassasalari bilan hamkorligini oshirishga erishish.

Reyting tizimi asosida baholash tartibi sport-talim muassasalarining faoliyati darajasi va sifatini oshirish hamda ularning faoliyati samaradorligini aniqlash, sport-talim muassasalarida sport razryadlari va unvonlariga ega bo'lgan sportchilar sonini ko'paytirishga, iqtidorli sportchilarni tanlash, tayyorlash, selekciya qilish (saralash) ishlarini tashkil etish, sport-talim muassasalarida faoliyat yuritayotgan trenerlar, metodistlar, shifokorlarning salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Reyting natijalari esa har yili ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi.

Qolaversa, 2020 yilda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan bolalar va o'smirlar sport maktablarini saqlash harajatlari mahalliy byudjetlarga ajratilgan mablag'lar doirasida amalga oshirilib, 2021 yildan boshlab esa O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida nazarda tutilishi belgilab qo'yilgan.

Qarorga muvofiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi zimmasiga yangidan tashkil etiladigan bolalar va o'smirlar sport maktablari ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash va ularning davlat ro'yxatidan o'tkazilishini taminlash, bolalar va o'smirlar sport maktablarini hamda ularning filiallarini yuqori malakali boshqaruv kadrlari va trenerlar bilan taminlash choralarini ko'rish, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 aprelgacha bolalar va o'smirlar sport maktablarining namunaviy shtatlar meyorlarini qayta ko'rib chiqish choralarini ko'rish vazifasi yuklatilgan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, mazkur qaror mamlakatimizda mavjud sport-talim muassasalaridan foydalanish darajasi va ular faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, bolalarni sport bilan muntazam ravishda shug'ullanishga keng jalb etishga xizmat qiladi. Pirovardida bu O'zbekiston sporti taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing