So’nggi yangiliklar

15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0

11 mar 08:26
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Vazirlikda SHantou-2021 yoshlar III yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik muhokama qilindi

Xabaringiz bor, 2025 yilgi IV yoshlar Osiyo o'yinlari O'zbekistonda o'tkaziladi.

Ayni paytda hukumatimiz, qolaversa Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, sport federaciya va associaciyalari bo'lajak nufuzli sport anjumanini yuqori saviyada tashkil etish yo'lida tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborishgan.

Biroq, bungacha yoshlarimiz shu yil 20-28 noyabr kunlari Xitoyning SHantou shahrida bo'lib o'tadigan yoshlar III yozgi Osiyo o'yinlarida ishtirok etishadi. Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida bo'lib o'tgan yig'ilishda ushbu nufuzli musobaqaga tayyorgarlik masalasi muhokama qilindi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda yoshlar III yozgi Osiyo o'yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarning masul rahbarlari ishtirok etishdi. Yig'ilishga Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov raislik qildi.

SHuni takidlash kerak, SHantouda bo'ladigan musobaqa vakillarimiz uchun 2025 yilgi IV yoshlar Osiyo o'yinlari oldidan o'ziga xos ko'rik, qolaversa tajriba maktabi vazifasini ham o'tab beradi. SHu bois bu safargi musobaqaga O'zbekiston tomoni har qachongidan jiddiy yondashmoqda.

Darvoqe, bungacha o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi yozgi Osiyo o'yinlarida vakillarimiz qanday ishtirok etishganiga ham to'xtalib o'tsak. Yoshlar I yozgi Osiyo o'yinlari 2009 yili Singapurda tashkil etildi.

Ilk bora tashkil etilgan musobaqa dasturidan atigi 9ta sport turi o'rin olgan, bahslarda esa qitamizning 43ta davlati vakillari ishtirok etgan. Singapurda O'zbekiston sharafini 6ta sport turidan 29 nafar atlet himoya qilgan va yakunda vakillarimiz 3ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 20-o'rinni qo'lga kiritgan.

2013 yili Xitoyning Nankin shahri mezbonlik qilgan yoshlar II yozgi Osiyo o'yinlari dasturiga 16ta sport turi kiritilgan bo'lib, hamyurtlarimiz shularning 10tasida 61 nafar sportchi bilan ishtirok etgan. Bu safar vakillarimiz bitta oltin, 2ta kumush va 5ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 14-o'rinni egallashdi.

SHantouda bo'ladigan yoshlar III yozgi Osiyo o'yinlari dasturidan jami 21ta sport turi o'rin olgan. Bugungi yig'ilishda musobaqa dasturiga kiritilgan hamda yurtimizda keng ommalashgan sport turlari bo'yicha yoshlar terma jamoalarining tayyorgarlik jarayoni, kelgusi rejalari va imkoniyatlari muhokama qilindi. SHu bilan birga sport federaciyalariga o'quv-mashg'ulot yig'inlarini puxta tashkil etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilishi takidlandi. Maqsad aniq – yoshlar III yozgi Osiyo o'yinlarida munosib ishtirok etish va O'zbekistonning nufuzini yanada oshirish.

Yoshlar III yozgi Osiyo o'yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari

R O' Y X A T I:

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing