14 iyu 10:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Vaziyat taqozo qilsa, Belal Muhammad Islam Maxachev bilan jang qiladimi? Bunga uning o'zi javob berdi
Yarimo'rta vazn toifasida amerikalik UFC jangchisi Belal Muhammad kelgusida engil vazn chempioni, jamoadoshi Islam Maxachev bilan jang qilishi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytardi.
"Hech kachon Islam Maxachev bilan jang kilmayman, bu 100 % aniq! Rostini aytsam, u o'rta vaznga (84 kg) ko'tarilib, Drikyus dyu Plessini mag'lub etsa bo'ladi. Maxachev shu darajada kuchli, deb o'ylayman. U o'rta vaznga ko'tarilib, ikki karra chempionga aylanishi mumkin. Men esa yarimo'rta vaznda (77 kg) biroz vaqt hukmronlik kilib, yosh jangchilarni mag'lub etaman. Keyin esa o'zim ham o'rta vaznga ko'tarilaman", dedi Belal Muhammad.
Malumot uchun, asli falastinlik bo'lgan Belal 27 iyul kuni UFC 304 turnirining markaziy jangi doirasida yarimo'rta vazn chempioni Leon Edvards bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar