So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

29 okt 09:43
Yangiliklar

Boks/MMA

Vaziyat taranglashyapti. Xabib va Umar Merab Dvalishviliga keskin javob qaytarishdi

UFC reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Umar Nurmagomedov divizionning amaldagi chempioni Merab Dvalishviliga murojaat qildi.

Gruziyalik aralash yakkakurash ustasi Abu-Dabida muxlislardan birining Umar bilan jang qilishdan nega qochayapsan degan gapiga keskin javob qaytargandi. 

"Nega u ovoz pardasini balandlatib gapiryapti? Hech kim unga baqirib gapirgani yo'q-ku. Haqiqat baqir-chaqir emas, aniq faktlar bilan isbotlanadi", - dedi kichik Nurmagomedov o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. 

Bu holat engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovni ham befarq qoldirmadi. Xabib Umarning amakivachchasi bo'lish barobarida uning murabbiyi ham hisoblanadi. 

"Umar shunchaki raqobatni istayapti. Islam va men uning holatiga tushib ulgurganmiz. Uning hozirgi holati o'tish davri deb ataladi. Vaqt o'tgani sayin hamma sen bilan jang qilishni istab qoladi. SHunchaki, yurishda davom etish kerak", - deya bosiqlik bilan vaziyatga munosabat bildirdi Xabib. 

Bir muddat avval UFC rahbari Dana Uayt Merab Dvalishvili ilk chempionlik himoya jangini Umar Nurmagomedovga qarshi o'tkazishi kerakligini aytgandi. Merabning o'zi SHon O’Melliga revansh berishni xohlamoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing