20 iyu 11:55
Yangiliklar
Futbol
Venger Yaponiya terma jamoasini boshqarishi mumkin
“Arsenal”ning sobiq ustozi Arsen Venger Yaponiya termasida ish boshlashi mumkin.
68 yoshli franciyalik mutaxassis kunchiqar yurt termasini boshqarishga asosiy nomzodlardan bo'lib turibdi. Vengerda Yaponiyada ishlash tajribasi bor. U 1995/96 yillarda “Nagoya Grampus” klubini boshqargan.
Yaponiya termasining hozirgi ustozi Akiri Nisinoning shartnomasi iyul oyi oxirida yakuniga etadi va mamlakat futbol federaciyasi u bilan shartnomani uzaytirmagan.
Yaponiya terma jamoasi JCH-2018 da 1/8 finalga qadar etib bordi va ushbu bosqichda Belgiyaga (2:3) imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar