09 may 12:22
Yangiliklar
Tennis

Verdasko faoliyatidagi 500-g'alabasini tantana qildi
Ispaniyalik tennischi Fernando Verdasko professional faoliyatidagi yubiley 500-g'alabasini qo'lga kiritdi.
Verdasko Madridda davom etayotgan turnirning ikkinchi davrasiga chiqish barobarida roppa-rosa 500-g'alabasiga ham erishdi. Bu bilan u ushbu natijaga erishgan va ayni paytda faoliyatini davom ettirayotgan to'qqizinchi tennischiga aylandi.
Fernandodan avval kamida 500ta g'alabaga Risha Gaske (501), Tommi Robredo (533), Tomash Berdix (626), Endi Marrey (655), David Ferrer (724), Novak Jokovich (789), Rafael Nadal (889) va Rojer Federer (1149) erishgan edi.
Havola :
Fikrlar