19 may 18:17
Yangiliklar
Futbol

Verner "Inter"ga o'tishga rozi bo'ldi
"Leypcig" hujumchisi Timo Verner Milanning "Inter" klubiga o'tishga rozi bo'ldi.
Bu haqda italyan matbuoti xabar tarqatmoqda. Verner tez orada "Barselona" o'tishi kutilayotgan Lautaro Martinesning o'rnini egallaydi. Vernerning transferi "Inter"ga 60 million evroga tushadi.
Oldinroq, Vernerning "Liverpul" bilan shartnoma imzolay olmagan taqdirda, jamoada qolishi haqida xabarlar yangragan edi. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 31 ta gol va 9 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar