26 fev 08:02
Yangiliklar
Tennis
Veseli Jokovichdan so'ng yana bir nomdor raketka ustasiga "chiqish eshigi"ni ko'rsatdi
BAAning Dubay shahrida o'tkazilayotgan nufuzli ATP turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
ATP reytingida 123-pog'onadan joy olib turgan Irji Veselining shov-shuvli yurishi davom etadi. CHorak finalda dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovichni mag'lub etgan chexiyalik tennischi yarim finalda reytingning 14-pog'onasidan joy olgan kanadalik Denis SHapovalovni mag'lubiyatga uchratdi.
Uch soatu 16 daqiqa davom etgan dramatik bahsning uchchala seti ham tay-brekka qadar davom etdi. Irji nomdor raqibini 6/7(7), 7/6(2), 7/6(3) hisoblarida taslim etib, finalga yo'l oldi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Denis 7 ta eys zarba va 2 ta breykni amalga oshirib, 12 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Veseli esa 19 ta eys, 2 ta breyk-poynt qayd etdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar