06 okt 07:01
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/46288_220.jpg)
“Vest Xem”ning uchta o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasiga chek qo'yildi
Angliya premer ligasining 8-turida “Brayton” futbolchilari kichik hisobda g'alaba qozonishdi.
“Vest Xem Yunayted”ga qarshi kechgan bellashuvning 25-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Glenn Myurrey tomonidan kiritilgan gol o'yinda yagona bo'lib chiqdi.
Bu “Vest Xem”ning so'nggi to'rt bellashuvdagi ikl mag'lubiyati bo'ldi. Avvalgi turlarda London klubi MYU (3:1) va “Everton”ni (3:1) mag'lub etib, “CHelsi” (0:0) bilan durangga erishgandi.
“Brayton” esa “bolg'urarlar” ustidan g'alaba qozonib, beshta uchrashuvdan buyon davom etayotgan g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi.
Ayni paytda APL turnir jadvalida “Brayton” 8 ochko bilan 12-pog'onada, “Vest Xem” esa 7 ochko bilan 15-pog'onada bormoqda.
Havola :
Fikrlar