20 sen 07:23
Yangiliklar
Futbol

Vetnam Avstraliyani mag'lub etdi, Yaponiya Qirg'iziston - 8:0
Hindistonning Goa shtatida davom etayotgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 2-turidan o'rin olgan ikkita o'yin yakuniga etdi.
“C” guruhida Vetnam o'smirlari Avstraliyani 3:2 hisobida taslim etishdi. Avstraliya o'tgan turda Qirg'izistonga yutqazgandi va keyingi bosqichga chiqish imkoniyatni butkul yo'qotdi.
“D” guruhida esa Ummon va Janubiy Koreya o'rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.
“C” guruhi
QIRG'IZISTON – YAPONIYA 0:8
Gollar: Akito Tanaxashi 34, 54, 80 penalti, Takefusa Kubo 42, 92, Keito Nakamura 43, 52, Toichi Suzuki 57 penalti
VETNAM – AVSTRALIYA 3:2
Gollar: Nguen Txang 51, 61, Nguen Kxiem 86 - Jon Roberts 19, 28
“D” guruhi
IROQ – MALAYZIYA 1:1
Gollar: Muhammad Ridxa 43 – Aliff Xaiqal 85
UMMON – JANUBIY KOREYA 0:0
Havola :
Fikrlar