24 jan 12:48
Yangiliklar
SHaxmat
Veyk-an-Zee. Peshqadam Nodirbek Abdusattorov bugun kimga qarshi o'ynaydi?
Niderlandiyaning Veyk-an-Zee shahrida shaxmat bo'yicha nufuzli "Tata Steel Chess-2024" turniri davom etmoqda.
Musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham o'z omadini sinab ko'rmoqda.
U hozircha 9 ta turdan so'ng 5,5 ochko jamg'argan holda musobaqada peshqadamlik qilmoqda.
Bugun mazkur superturnirning 10-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Unda Nodirbek niderlandiyalik Maks Varmerdamga qarshi qora donalarda o'ynaydi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:15 da boshlanadi.
9-turdan keyingi turnir jadvali bilan tanishing:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar