So’nggi yangiliklar

13:56Нурмагомедов Двалишвилига лақабини ўзгартиришни таклиф қилди 0 13:15ПСЖ катта миқдордаги жаримага тортилди 0 12:48"Хантер" Ишимбаев: "Хамзатга тайёргарлик кўргандим, Қурбонов ҳам жиддий рақиб" 0 12:14Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси бошланди 0 11:43Пратес Махачевни мағлуб этиш калитини унинг Гэрри билан жангида топди 0 11:06Ўзбекистон кубоги. Бугун бизни супер тўқнашув кутиб турибди 0 10:39UFC Том Аспиналлнинг мақомини тасдиқлади 0 10:12Lausanne Grand Slam 2026. Бугун тўрт нафар дзюдочимиз татамига чиқади 0 09:44Илнар Ишимбаев ва Бобур Қурбонов Prime FL турнири олдидан вазн ўлчаш маросимидан ўтди 0 09:17Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 08:49Царукян ва Ковингтон иштирокидаги жанглар бошқа муддатга кўчирилди 0 08:182026 йилда энг кўп нокаут қайд этилган UFC дивизиони маълум қилинди 0 19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0

17 noy 09:58
Yangiliklar

Qilichbozlik, Engil atletika, Taekvondo

VI Islom birdamligi o'yinlari. Bugun 19 nafar sportchimiz medallar uchun bahslarga kirishadi (to'liq ro'yxat)

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahri mezbonligida o'tayotgan VI Islom birdamligi o'yinlari o'zining yakuni sari yaqinlashmoqda.

Bugun kompleks musobaqaning o'ninchi kuni O'zbekiston terma jamoasining 19 nafar sportchisi medallar uchun bahslarga kirishadi. Hamyurtlarimiz taekvondo, qilichbozlik, engil atletika va para engil atletika sport turlarida ishtirok etishadi. Eng ko'p ishtirokchimiz tabiiyki, engil atletika musobaqasida bo'ladi - 10 nafar.   

Sportchilarimizning bugungi ishtiroki va bahslarning boshlanish vaqti:


TAEKVONDO

11:00 (Toshkent vaqti): 67 kg. 1/8 final. Diyorbek To'xliboev — Kobenan (Kot-d'Ivuar)  

13:00. 63 kg. 1/8 final. Diyora Azizova — Eskandarnia (Eron)

16:00. +82 kg. 1/4 final. Marat Mavlonov — Elasbi (Marokash)/Sayid (Pokiston)

16:00. +70 kg. 1/4 final. Svetlana Osipova — Xarauna Gouno (Nigeriya)


QILICHBOZLIK  

11:00. Javohirbek Nurmatov — shpaga yakkalik, saralash

11:00. Meyirxan Timurov — shpaga yakkalik, saralash

15:00. Gulistan Perdebaeva — sablya yakkalik, saralash

15:00. Zaynab Dayibekova — sablya yakkalik, saralash


ENGIL ATLETIKA

12:05. Suhrob Xo'jaev — bosqon uloqtirish

12:05. Ayubxon Fayozov — bosqon uloqtirish

12:08. Barnoxon Sayfulloeva — balandlikka sakrash

12:08. Valeriya Gorbatova — balandlikka sakrash

12:10. Nodir Norboev — (o'nkurash) 100 m, 400 m yugurish, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash

12:10. Zahriddin SHokirov — (o'nkurash) 100 m, 400 m yugurish, uzunlikka sakrash, yadro uloqtirish, balandlikka sakrash

20:05. SHarifa Davronova — uchxatlab sakrash

20:05. Roksana Xudoyorova — uchxatlab sakrash

23:45. Nargizaxon Qo'chqorova — nayza uloqtirish

22:50. Hasanbek Rustamjonov — 400 metrga to'siqlarosha yugurish 


PARA ENGIL ATLETIKA

12:00. Yorqin Odilov — Shot Put - F57  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing