11 iyu 08:00
Yangiliklar

Vidalning dubli amaldagi chempionga g'alaba keltirdi
Unda musobaqaning amaldagi g'olibi CHili terma jamoasi Boliviyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.
SHubhasiz,
Arturo Vidal uchrashuv qahramoniga aylandi. “Bavariya” klubi hujumchisi
avvaliga ikkinchi bo'lim boshida hisobni ochdi. O'yinning so'nggi daqiqasida
esa penaltidan unumli foydalanib, CHiliga muhim g'alabani taqdim etdi.
Amerika Kubogi. “D” guruhi, 2-tur.
CHILI – BOLIVIYA 2:1
“Gillette Stadium”
Gollar: 1:0 – 46 Vidal, 1:1 – 61 Kampos, 2:1 – 90 penalti Vidal.
CHili – Bravo, Isla (Fuensalida, 76), Bosejur, Xara, Arangis, Medel, Orelyana (Puch, 68), Vidal, Sanches, Ernandes, Pinilya (Vargas, 58).
Boliviya – Lampe, Senteno, Guterres, Bexarano, Egino, Smedberg-Dalense, Saavedra, Melean, Kastro (Kampos, 58), Duk (Veysaga, 82), Arse (Ramalo, 54).
Ogohlantirishlar: Egino (4), Kampos (77), Ernandes (79), Guterres (90), Veysaga (90).
Fikrlar