31 jan 10:52
Yangiliklar
VIDEO Safardagi ilk g'alabali o'yinda murabbiy eng yaxshi deb topildi!
Kecha Toshkentning "Humo" xokkey jamoasi Qozog'iston Pro-Ligasining 39-turi doirasida Astana shahrining "Snejnye Barsy" jamoasiga qarshi ilk safar o'yinini o'tkazib, 5:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Ushbu uchrashuvda jamoamiz ketma-ket uchinchi o'yinni quruq o'tkazdi va shu munosabat bilan jamoaning darvozabonlar murabbiyi Roman Krivomazov o'yinning eng yaxshisi uchun beriladigan "Baxtiyor do'ppi" sohibiga aylandi.
"Humo" jamoasi ketma-ket uchinchi o'yinda darvoza dahlsizligini saqlab qola oldi. Takidlash joiz, bu uch uchrashuvni yosh darvozabon Damir SHaymardanov quruq o'tkaza oldi. Bu borada eng yaxshi natija Roman Smiryaginda edi (4 ta quruq o'yin). Dmitriy Malgin esa bu mavsum doirasida ikkita o'yinni golsiz o'tkazgan.
SHuningdek, "CHekker" unvonini Pavel Sinyavskiy bu safar Dmitriy Arxipovga uzatdi.
Qayd etish joiz, murabbiyning eng yaxshi o'yinchiga beriluvchi "baxtiyor do'ppi" unovoniga loyiq ko'rilishi "Humo" jamoasida birinchi bor yuzaga keldi.
Fikrlar