So’nggi yangiliklar

16:16"Хабибнинг жамоаси қаерга бормасин, жанжаллар келиб чиқади". Уайт Нурмагомедовнинг ҳужуми ҳақида гапирди 0 15:31Салоҳ Миср терма жамоаси тарихидаги энг яхши тўпурарга айланди 0 14:42Двалишвили ҳибсдан озод этилганидан кейин илк бор муносабат билдирди 0 14:15Ўқ отиш спорти: Ўзбекистонлик спортчи илк бор Жаҳон чемпионатида трап дастурининг финалида қатнашди 0 13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0

27 fev 13:35
Yangiliklar

Boshqalar

VIII qishki Osiyo o'yinlari yakunlandi

Yaponiyaning Sapporo shahrida bo'lib o'tgan VIII qishki Osiyo o'yinlari o'z yakuniga etdi.

Kecha Makomanay muz saroyida musobaqaning tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi. 

Xabar berib o'tganimizdek, musobaqada yurtimiz sharafini figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Misha Ge himoya qildi. 

24 fevral sanasida o'tkazilgan qisqa dasturda hamyurtimiz Gonkong, Xindiston, Indoneziya, Filippin, Qozog'iston, Malayziya, Xitoy Taypeyi, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya va Avstraliya kabi mamlakat vakillaridan iborat 21 kishilik guruhda 76,18 ball bilan 8-o'rinni egalladi. 

Kecha, yani musobaqaning so'nggi kunida esa u erkin dasturda o'z omadini sinab ko'rdi. Erkin dasturda Misha Ge bir muncha omadli qatnashdi va yakunda 157, 75 ball bilan o'z ishtirokini 5-o'rinda yakunladi. Natijada har ikkala yo'nalish bo'yicha umumiy 233,93 ball jamg'argan hamyurtimiz VIII qishki Osiyo o'yinlarida  kuchli oltilikdan joy oldi. 



SHuni alohida takidlash kerakki, musobaqa davomida Misha Gening kunchiqar yurtda ham muxlislari juda ko'p ekanligiga guvoh bo'ldik. Ular sportchimizni har bir ishtiroki paytida O'zbekiston bayrog'ini butun arena bo'ylab yoyib chiqqan holda tinmay qo'llab quvvatlab borishgani etiborga molik. 

Figurali uchishda oltin medal yaponiyalik Uno SHomaga nasib etgan bo'lsa, xitoylik sportchilar Jin Boyang va Yan Xan mos ravishda kumush va bronza medallariga sazovor bo'lishdi.  

Umumjamoa hisobida esa musobaqada Yaponiya terma jamoasi azolari 74 ta medal bilan birinchi o'rinni egallashdi. Kunchiqar yurt vakillari 27 ta oltin, 21 ta kumush va 26 ta bronza medallariga ega chiqishdi. 

Janubiy Koreya terma jamoasi azolari 16 ta oltin, 18ta kumush va 16 ta bronza bilan jami 50 ta medal jamg'arishdi va bu borada ikkinchi bo'lishdi. Xitoy terma jamoasi esa (12 ta oltin, 14 ta kumush, 9 ta bronza) kuchli uchlika yakun yasab berdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing