So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

24 fev 14:39
Yangiliklar

Boshqalar

VIII qishki Osiyo o'yinlarida Misha Ge bugun o'z ishtirokini boshlaydi

Teglar :  Osiyo o'yinlari
Yaponiyaning Sapporo shahrida VIII qishki Osiyo o'yinlari qizg'in davom etmoqda.


Musobaqada jami 32 ta mamlakatdan tashrif buyurgan 1200 nafar sportchilar ishtirok etishyapti. Etiborli jihati Osiyoning 30 ta mamlakati qatorida bu safar Okeaniya mintaqasi vakillari – Avstraliya va Yangi Zelandiya terma jamoalari ham musobaqada mehmon sifatida qatnashishmoqda. Faqat ushbu mintaqa vakillari medallar uchun kurash olib borishmaydi.

Bu safargi qishki Osiyo o'yinlarida O'zbekiston sharafini figurali uchish bo'yicha terma jamoamiz azosi Misha Ge himoya qilishi xaqida xabar berib o'tgandik. Hamyurtimiz o'z ishtirokini bugun - 24 fevralda boshlaydi. Bugun qisqa dastur bo'yicha musobaqalar Toshkent vaqti bilan soat 14:05da start oladi. Misha Ge esa bugungi dastur bo'yicha bizning vaqt bilan soat 16:27da muzga chiqishi kutilmoqda.

Bugun jami 21 nafar sportchi qisqa dasturda o'z omadini sinab ko'radi. Hamyurtimizdan tashqari erkaklar o'rtasida yakkalikdagi qisqa dasturda bugun shuningdek, Gonkong, Xindiston, Indoneziya, Filippin, Qozog'iston, Malayziya, Xitoy Taypeyi, Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya va Avstraliya kabi mamlakat vakillari ham ishtirok etishadi.

SHuningdek, 26 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 08:00da qishki Osiyo o'yinlarida erkin dastur bo'yicha bellashuvlar o'tkazilib, Misha Ge ushbu bahslarda ham qatnashishi rejalashtirilgan. 26 fevral kuni esa Makomanay muz saroyida musobaqalarning tantanali yopilish marosimi o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz Misha Ge 15-19 fevral kunlari Seulda bo'lib o'tgan “To'rt qita chempionati” Xalqaro turnirida ishtirok etdi va 20 fevral kuni kechqurun Sapporoga etib bordi. Koreyadagi musobaqada Osiyo, Amerika, Afrika va Avstraliyaning eng kuchli figurali uchish ustalari g'oliblik uchun kurash olib borishdi va mazkur turnir Misha Ge uchun  VIII qishki Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik bosqichi vazifasini o'tab berdi.

Malumot uchun, Misha Ge – Xalqaro toifadagi sport ustasi, 2009 yildan figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi. U O'zbekiston terma jamoasi sharafini 2011 yilda Astana/Almati shaharlarida bo'lib o'tgan VII qishki Osiyo o'yinlari, hamda 2014 yili Sochi mezbonlik qilgan XXII qishki Olimpiya o'yinlarida himoya qilgan.

Misha Ge qita va Xalqaro musobaqalar sovrindori hisoblanadi. Figurali uchish bo'yicha 2015 yili Xitoyning SHanxay shahrida bo'lib o'tgan jahon chempionatida 6-o'rinni egallagan. 2016 yilda Kanadaning Monreal shahrida tashkil etilgan “Autumn Classic International Skate Canada” turnirida 2-o'ringa sazovor bo'lgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing