31 may 18:20
Yangiliklar
Futbol
Vinisius CHempionlar Ligasi 2021/22 yilgi mavsumining eng yaxshi yosh o'yinchisi deb topildi
UEFA "Real" hujumchisi Vinisius Juniorni CHempionlar Ligasi 2021/22 yilgi mavsumidagi eng yaxshi yosh o'yinchi deb topdi.
21 yoshli braziliyalik musobaqada 13ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Hujumchi "Liverpul"ga qarshi CHempionlar Ligasi finalidagi yagona golga mualliflik qildi.
Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum "Real" tarkibida barcha musobaqalarda 52ta o'yinda maydonga tushib, 22ta gol va 20ta assist qayd etdi. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar