29 okt 09:01
Yangiliklar
Futbol
Vinisius "Oltin to'p"ni "berishmagani"dan keyin ilk fikrini yozib qoldirdi
Madridning "Real" klubi futbolchisi Vinisius Junior "Oltin to'p"ni qo'lga kirita olmaganiga munosabat bildirdi.
"Agar zarur bo'lsa, men yana 10 marta shunday mavsum o'tkazishga harakat qilaman. Ular esa tayyor emas", — deya fikr yozib qoldirgan Vini.
Eslatib o'tamiz, avvalroq braziliyalik futbolchi "Oltin to'p"ni olishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq marosimga bir necha soat qolganda bu yilgi "Oltin to'p"ni Rodri olishi haqida xabarlar paydo bo'ldi va yakunda aynan ispaniyalik futbolchi ushbu sovringa ega chiqdi.
O'tgan mavsum, Vini "Real" bilan ECHL, La Liga, Evropa Superkubogi va Ispaniya Superkubogida zafar quchgandi.
Havola :
Fikrlar