12 fev 09:00
Yangiliklar
![](/upload/storage/322498_220.jpg)
Virjil Ortis Isroil Madrimovning Terens Krouford bilan jangi haqida gapirdi
"Madrimov himoyada yaxshi ishlaydi. U ko'p ham zarbalarni o'tkazib yuboravermaydi. To'g'risini aytsam, Krouford uni yanada ishonchliroq tarzda mag'lub etadi deb o'ylagandim, ammo Madrimov Terensni asosiy kalit harakatlaridan mahrum qildi.
Isroil juda ko'p yaxshi kombinaciyalar ishlatdi, ko'p zarba berdi. Bilaman, Krouford uning kuchini hurmat qilgan, chunki Madrimov juda og'ir zarba beradi. Hozircha ularning jangini batafsil ko'rganim yo'q, lekin albatta tomosha qilib chiqaman.
Gap shundaki, Krouford va men butunlay boshqa jangchilarmiz. Albatta, men bu jangni o'rganishim mumkin, ammo Krouford bilan bir xil jang qilganimizda ham Madrimov bu jangga boshqacha yondashgan bo'lardi", dedi Ortis.
Virjil va Isroil o'rtasidagi jang 22 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.
Fikrlar