23 sen 10:40
Yangiliklar
Futbol

Vitaliy Denisov gemotologiya markazida bolalarga quvonch ulashdi
O'zbekiston terma jamoasi va Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Vitaliy Denisov hamda boshqa sportchilar bolalar gemotologiya markaziga tashrif buyurishdi.
Sportchilar kichik bemorlarga bayram tashkil qilib berishdi.
“Markaz haqida gapirmoqchiman: Biz zamonaviy sog'liqni saqlash markazisha tashrif buyurdik. Saviya ko'rinib turibdi. Bu bayramda ishtirok etganimizdan xursand bo'ldik. Bolalar juda faol edi. Ular barcha sport turlari haqida bilishni, bu sport turlarida o'zlarini sinab ko'rishni istashdi.
Xatto qizlar xokkey klyushkasi bilan shaybaga qattiq zarba bermoqchi (kuladi). Bolalar sport bilan shug'ullanishida ularga hech narsa halaqit bermasligini xohlaymiz. Sport - bu hayot va yaxshi kayfiyat. Bunday uchrashuvlar barchaga yaxshi hislar bag'ishlaydi”, - dedi Vitaliy Denisov.
Havola :
Fikrlar