14 jan 10:56
Yangiliklar
Futbol

Vitaliy Denisov Rossiyaning quyi divizioni jamoasiga o'tishi mumkin
32 yoshli himoyachi Vitaliy Denisov "Rotor"ning Turkiyadagi yig'iniga qo'shildi.
O'zbekistonlik futbolchi "Rotor"ning mashg'ulotlarida ishtirok etdi.
Vitaliy bundan bir necha kuni avval Tataristonning "Rubin" klubi bilan shartnomasini bekor qilgan edi.
Futbolchi "Rubin"da Premer-liganing 8ta, Rossiya Kubogining bitta uchrashuvida maydonga tushdi.
Eslatib o'tamiz, Volgograd jamoasi MFL ("FNL")da 25 turdan so'ng 52 ochko jamg'argan holda 1-o'rinda bormoqda.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar