12 dek 10:15
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol

Vladimir Klichko “Old Trafford”ga tashrif buyurdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni Vladimir Klichko “Old Trafford” stadioniga tashrif buyurdi.
Ukrainalik bokschi Angliya chempionati doirasidagi “Manchester Yunayted” - “Tottenxem” o'yinini bevosita tribunadan kuzatgan.
Bu bilan u “Manchester Yunayted” klubining muxlisi ekanligiga ishora qilgan ko'rinadi. Kecha oqshom o'tkazilgan o'yinda “qizil iblislar” Genrix Mxitaryanning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Havola :
Fikrlar