23 avg 08:25
Yangiliklar

Vladimir Klichko - SPORT BILD Award 2017 sovrini sohibi!
Tantanali taqdirlash marosimi Germaniyaning Gamburg shahrida bo'lib o'tdi. Tashkilotchilar Klichkoning superog'ir vazn toifasining ikki yo'nalish chempioni britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi o'tkazgan jangi tufayli unga ushbu nominaciya g'olibligini berishgan.
Klichkoning o'zi sovrinni qabul qilib olar ekan, bunday mukofotga loyiq ko'rilishini kutmaganini aytdi.
“Hozir ertaga ertalab mashg'ulotim bor, deb o'ylayotganim yo'q. SHunday ekan, bugungi quvonchli kunni qancha xohlasam, shuncha nishonlashim mumkin”, - dedi 41 yoshli Klichko.
15. SPORT BILD-Award premiyasining barcha g'oliblari:
“Yil yulduzi” – Filipp Lam (futbol)
“Yil namunasi” – Vladimir Klichko (boks)
“Yil kashfiyoti” – “Leypcig” (futbol klubi)
“Yil qaytishi” – Marko Roys (futbol)
“Yil sensaciyasi” – Marsel Kittel (velosport)
Fikrlar