24 okt 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Vladimir Klichko: “Yil so'nggiga qadar yana chempion bo'laman”
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko yil so'nggiga qadar yana jahon chempioni degan unvonni qo'lga kiritishini malum qildi.
Ukrainalik 40 yoshli bokschi dekabr oyida chempionlik jangida ringga ko'tariladi. Lekin hozircha Klichko raqib aynan kim bo'lishini oshkor qilmayapti.
“Hozircha shartnomaga rasman imzo chekilgani yo'q. SHu bois, jangning aynan qachon va kimga qarshi o'tkazilishini aniq ayta olmayman. Lekin ishonchim komil, yil so'nggiga qadar chempionlik jangida ringga ko'tarilaman. Va albatta, yana jahon chempioni bo'laman”, - dedi Klichko.
Havola :
Fikrlar