So’nggi yangiliklar

14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0

23 noy 09:28
Yangiliklar

Boshqalar

Vohiddin Najmiddinov jahon chempionati sovrindori, O'zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi bo'ldi + FOTO

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bahodirlar o'yini va tosh ko'tarish bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Yoshlar, kattalar va faxriylar o'rtasida tashkil etilgan jahon chempionatida Vohiddin Najmiddinov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham munosib tarzda ishtirok etdi.  

Xabar berganimizdek, yoshlar o'rtasidagi musobaqada Javohir Qurbonov professional yo'nalishda oltin medalga sazovor bo'ldi. U 24 kilolik toshni 10 daqiqa ichida dast ko'tarish mashqida 170 marta, siltab ko'tarishda 93 bor, ikkikurashda 263 marotaba ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. 


SHuningdek, Javohir uzun ciklda kumush medalni qo'lga kiritdi. -68 kg vazn toifasida Asadbek O'zgamov uzun ciklda eng yaxshi natija ko'rsatdi va oltin medal bilan taqdirlandi. Ikkikurashda esa O'zgamov bronza medaliga sazovor bo'ldi.

SHu tariqa bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 90 ball bilan 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Norasmiy umumjamoa hisobida musobaqa mezboni – Rossiya terma jamoasi 110 ball bilan 1-o'ringa sazovor bo'ldi. Kuchli uchlikni 70 ball bilan Latviya terma jamoasi yakunlab berdi.

Jahon chempionatining so'nggi kuni faxriylar supachaga chiqishdi. -68 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Vohiddin Najmiddinov ikki kurashda 24 kilogramlik toshni 63  marotaba ko'tarib, bronza medaliga sazovor bo'ldi. Terma jamoamiz delegaciyasi ertaga soat 08:30da Toshkentga qaytib keladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing