08 fev 12:26
Yangiliklar
Vohidov Freestyle Chess Friday turniri g'olibi, Yakubbboev kuchli uchlikda!
Yosh grossmeysterimiz 10 ochko jamg'arib, musobaqa g'olibiga aylandi. Yana bir grossmeysterimiz Nodirbek Yakubboev 9,5 ochko to'plab, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 3-o'rinni egalladi. Ikkinchi pog'onani band etgan armanistonlik Samvel Ter-Sahakyan ham Yakubboev singari 9,5 ochko jamg'ardi. Serbiyalik taniqli shaxmatchi Aleksey Sarana 4-o'rin bilan kifoyalandi.
SHamsiddin Vohidov g'olib sifatida 400 AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini ham qo'lga kiritdi. Ter-Sahakyan 250, Yakubboev 150 dollarga ega bo'ldi. Umumiy ro'yxatda 21-pog'onadan joy olgan hindistonlik grossmeyster Vayshali Rameshbabu eng yuqori o'rinni egallagan ayol shaxmatchi sifatida 100 dollar mukofot puliga ega chiqdi.
Fikrlar