07 fev 09:13
Yangiliklar
Voleybol
Voleybol: Namanganda O'zbekiston chempionati o'tkaziladi
10-17 fevral kunlari Namangan muhandislik-qurilish instituti sport zalida ayollar o'rtasida voleybol bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi.
Ushbu nufuzli musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan eng kuchli ayollar jamoalari ishtirok etadi.
Kuchli jamoalar, murosasiz bellashuvlar va haqiqiy sport ruhiyatida o'tadigan O'zbekiston chempionati voleybolning haqiqiy jozibasini ko'rsatib beradi.
O'zbekiston voleybol federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar