10 sen 13:46
Yangiliklar
Volkanovski Ramazonning vaznidagi chempionlik jangiga o'z taxminini aytdi
Avstraliyalik chempionning fikricha, braziliyalik Pantoja myanmalikka qarshi kechadigan jangda chempionlik kamarini qaytarib ololmaydi, deb hisoblaydi.
"Men Joshua Vanga tikaman, lekin bu juda og'ir jang bo'ladi. Agar kimdir bu erda bir tomonlama g'alabaga erishsa, u holda yo Joshua Van Pantojani nokautga uchratadi yoki Pantojaning jismoniy kuchi hal qiluvchi omilga aylanadi: u Vanni ushlab olib, yakunda og'rituvchi yoki bo'g'uvchi usul evaziga taslim etadi. Lekin men baribir Joshua Vanga ishonaman", — dedi Volkanovski o'zining YouTube kanalida elon qilgan videoda.
O'tgan yilning dekabr oyida Aleksandre Pantoja Joshua Vanga qarshi jangning atigi 26-soniyasida yiqilib, elkasini chiqarib olgan va chempionlik kamarini boy bergan edi. Braziliyalik va myanmalik jangchilar o'rtasidagi chempionlik revansh bahsi 19 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 331 turnirining markaziy voqeasi bo'ladi.
CHempionlik jangiga Joshua Van biroz favorit sifatida yaqinlashmoqda, uning g'alaba qozonish ehtimoli 54% deb baholanmoqda.

Fikrlar