10 dek 11:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Volkov: "Hakamlar qaroriga qo'shilmayman, Gan ham g'alaba qozonganini his qilmadi"
Og'ir vazn toifasidagi rossiyalik UFC jangchisi Aleksandr Volkov franciyalik Siril Ganga qarshi kechgan revansh jangidan so'ng hakamlar adolatsizligi haqida gapirdi.
"Siril Ganga hurmat bildiraman. Qaror elon qilinganidan keyin u shunchaki oktagonni tark etdi, chunki u ham bu g'alabani his qilmadi. Men u haqida yomon gap aytmoqchi emasman, shunchaki hakamlar qaroriga qo'shilmayman. Men ular bilan kelisha olmayman", dedi Volkov UFC 310 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
Jangda UFC Interim sobiq chempioni Siril Gan Aleksandr Volkovni hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar