03 may 07:21
Yangiliklar
Engil atletika
Voroninada dunyo atletlari orasida mavsumning eng yaxshi natijasi!
Yil boshidan beri terma jamoamiz vakillari ko'plab yo'nalishlarda etakchi pog'onalarni band etib kelishmoqda.
Ayniqsa, engil atletikachilarimiz uchun mavsum ancha omadli va muvaffaqiyatli davom etyapti.
Dastlabki chorak ortda qolgach bir jihat ko'pchilikning diqqat-etiborini tortmoqda. Ko'pkurashchimiz Ekaterina Voronina o'z yo'nalishida mavsumning eng yaxshi natijasini qayd etib turibdi. Terma jamoamiz vakilasi Osiyo chempionatida 6198 ochko jamg'arishga muvafaq bo'ldi.
Bu vaqt oralig'ida boshqa qita birinchiliklari va turli musobaqalarda ishtirok etgan hech qaysi atlet hamyurtimizning natijasini yaxshilay olgani yo'q.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar