19 sen 07:20
Yangiliklar

“Vorskla” o'z uyida “SHaxtyor”ga yutqazdi, Tursunov 85 daqiqa o'ynadi
Doneckliklar Poltavada “Vorskla” klubi mehmoni bo'lib, kichik 1:0 hisobida zafar quchishdi. Yagona gol 54-daqiqada Tayson tomonidan kiritildi.
Ushbu g'alabadan so'ng “SHaxtyor” turnir jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab oldi. “Vorskla” safida hamyurtimiz Sanjar Tursunov boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi va 85-daqiqada o'z o'rnini Bartulovichga bo'shatib berdi.
VORSKLA – SHAXTYOR 0:1
Gol: Tayson, 54
“Vorskla”: Nepogodov – Perduta, Pilyavskiy, Dityatev, Siminin – CHesnakov, Tkachuk (Sklyar, 32) – SANJAR TURSUNOV (Bartulovich. 85), Xlebas, Kobaxidze – Kolomoec (Rebenok, 69)
“SHaxtyor”: Pyatov – Butko, Ordec, Rakickiy (Kucher, 49), Ismaili – Malishev, Fred – Marlos (Bernard, 85), Dentino, Tayson – Eduardo (Stepanenko, 90+4)
Ogohlantirishlar: Dityatev, Sklyar – Fred, Kobin, Dentino
Fikrlar