11 dek 10:55
Yangiliklar
Futbol

“Vorskla” Tursunovsiz mehmonda “Volin”ni mag'lub etdi
Ukraina chempionatining 18-turida hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepadigan “Vorskla” jamoasi “Volin” maydoniga safar qildi.
Uchrashuv taqdirini 50-daqiqada Vladimir Odaryuk kiritgan yagona gol hal etdi. Ushbu o'yinda Sanjar Tursunov ishtirok etmadi.
Mazkur g'alabadan so'ng “Vorskla” jamoasi turnir jadvalida 6-pog'onaga ko'tarilib oldi.
Ukraina chempionati, 18-tur.
“VOLIN” – “VORSKLA” 0:1
“Avangard Luck” stadioni.
Gol: Odaryuk (50).
Havola :
Fikrlar