01 dek 10:00
Yangiliklar

Vorskla” yarim finalga chiqa olmadi, Tursunov qizil kartochka oldi
Hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan Poltavaning “Vorskla” klubi safarda “Dnepr” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, yarim finalga chiqa olmadi.
Boshlang'ich tarkibda maydonga tushgan Tursunov 82-daqiqada maydondan chetlatildi. O'yindagi yagona gol 73-daqiqada Balanyuk tomonidan kiritilgan edi.
DNEPR – VORSKLA 1:0
Gol: Balanyuk, 73
“Dnepr”: Lunin – Adamyuk, Lopyrenok, Svatok, Vlad – S. Kravchenko, Politilo – Luchkevich, Rotan, Lunev – Kojushko (Balanyuk, 46)
“Vorskla”: Nepogodov – Siminin, CHesnakov, Dityatev, Perduta – D. Kravchenko, Tkachuk (Bartulovich, 69) – Sanjar Tursunov, Kobaxidze, Rebenok (Odaryuk, 84) – Xlebas (Zagorulko, 79)
Ogohlantirishlar: Siminin, Sanjar Tursunov
CHetlatish: Sanjar Tursunov, 82
Fikrlar