24 okt 09:35
Yangiliklar

“Vorskla”da irodali g'alaba, Tursunov to'liq o'ynadi
Hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan “Vorskla” klubi bu turni safarda o'tkazib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi.
Poltavaliklar Odessada “CHernomorec” jamoasidan 2:1 hisobida ustun kelishdi. Uchrashuvda har ikki golni kiritgan Yuriy Kolomoec o'yin qahramoniga aylandi.
Sanjar Tursunov o'yinda to'liq maydonda harakat qildi va jamoasining g'alabasiga munosib ulush qo'shdi. “Vorskla” 12-turdan so'ng 15 ochko bilan turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turibdi. “CHernomorec” esa 18 ochko bilan 5-pog'onadan joy olgan.
CHERNOMOREC - VORSKLA 1:2 (0:0)
Gollar: Korkishko, 48 - Kolomoec, 53, 79
“CHernomorec”: Borovik - Danchenko, Xocholava, Martinenko, Lyulka - Filimonov, Smirnov - Kabaev (Tretyakov, 73), Korkishko, Andrievskiy (Kovalec, 90+1) - Xoblenko (Barilko, 78)
“Vorskla”: Nepogodov - Perduta, Siminin, CHesnakov, Rebenok - Golodyuk, Kravchenko (Sklyar, 56) - Kobaxidze (Sapay, 90+2), Bartulovich, SANJAR TURSUNOV - Kolomoec (Zagorulko, 82)
Ogohlantirishlar: Xoblenko, Smirnov, Andrievskiy - Bartulovich, Golodyuk, Nepogodov
Fikrlar